info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Jamiyatni 2014 yil yillik Moliyaviy natijalar buyicha 2-son shaklni 010 satrida mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum jamiyatni yig’ma hisoboti  buyicha 100 608 862 ming so’mni, asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 23 304 ming so’mni tashkil qilib, jami yagona soliq to’lovi summasi 4 952 526 ming so’m hisoblanib, jamiyatni moliyaviy natijalar hisobotini 260 satriga yozilgan.

Audit tahlili natijasiga ko’ra jamiyatni 2014 yil yillik Moliyaviy natijalar buyicha 2-son shaklni 010 satrida mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan sof tushum jamiyatni yig’ma hisoboti  buyicha 100 608 862 ming so’mni tashkil qilib, shundan, 99 437 154 ming so’m asosiy faoliyatdan 5% hisobida 4 971 858 ming so’m yagona soliq tulovi, Charxin kimyo MChJda 1 171 708 ming so’mlik aholiga naqd pulga sotishdan 2% hisobida 22 039 ming so’m, asosiy faoliyatni boshqa daromadlari (metallom sotish, texnika xizmatlari va hokazo)lar buyicha 23 304 ming so’m olingan daromad hisobidan 6% hisobida 1 398 ming so’m, jami 4 995 295 ming so’m yagona soliq tulovi hisoblandi. Audit tekshiruvi buyicha farq summa 42 769 (4 995 295-4 952 526) ming so’mni tashkil etadi.

Jismoniy shaxslar daromadidan daromad solig’i.

Jamiyatda jismoniy  shaxslar daromadidan daromad solig’i 99229,5  ming so’m hisoblangan.

Audit tahliliga ko’ra jismoniy shaxslarning daromadidan  daromad solig’ining hisoblanishi va ushlanishi tahlil qilinganda Payariq tuman filialida  11 nafar xodimdan 601 122 so’m ko’p ushlangan, 25 nafar xodimdan 8 621 276 so’m kam ushlangan.

INPS

O’zbekiston Respublikasining 2008 yil 29 dekabrdagi  O’RK-196-son Qonuni bilan kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar bilan O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 186-moddasiga muvofiq Jismoniy  shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi O’zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida»gi № 110-sonli qonuniga asosan jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytirilishi qayd qilingan bo’lib, Jamiyatda bunga rioya qilinib 2014 yil davomida 9192,4 ming so’m hisoblangan.

Yagona ijtimoiy to’lov.

Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha jamiyatda  O’zbekiston Respublikasi  Adliya vazirligi tomonidan 2011 yil 21 fevralda 2095-1-raqam  bilan ro’yxatdan o’tkazilgan Nizomga asosan  yagona  ijtimoiy to’lovning bazoviy miqdori kiritilishi munosabati bilan, yagona ijtimoiy to’lovni hisoblab chiqarish va tulash tartibi to’g’risidagi  nizomga jamiyatda amal qilinishi tahliliga ko’ra jamiyatda ish haqi fondidan 25% yagona ijtimoiy to’lovni hisoblash uchun soliq solish bazasiga tortiladigan summa 2536043,9 ming so’mni, 25% YaIT summasi 634011 ming so’mni tashkil qilgan.

Pensiya jamg’armasiga 6,5% ushlanma badali

Jamiyatda fuqarolarning byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga 6,5% foiz hisobida sugo’rta badallari  bo’yicha  2014 yil  davomida soliq solish bazasiga kiritiladigan summa 2536043,9 ming so’mni tashkil qilib, 6,5% stavkada 164842,8 ming so’m ish haqidan saqlangan.

Tavsiya va takliflar

2015 yil uchun tuziladigan Biznes-rejada yuqorida qayd etilgan xato va kamchiliklarga yo’l qo’yilmasligi, Biznes-rejada ko’rsatkichlarini bajarish, davr xarajatlarining reja ko’rsatkichlaridan oshib ketmasligiga, jarima hamda penyalar to’lanishiga yo’l qo’ymaslik va maksimal darajada tannarxni pasaytirish hisobiga rentabellikni oshirish.

Debitor qarzdorliklarga va to’lov muddati o’tgan debitor qarzdorliklar yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik. Shu bilan birga Payariq, Oqdaryo va boshqa tumanlarda yo’l qo’yilgan qo’pol xatoliklarni bartaraf etish choralarini ko’rilishi hamda Narpay tuman filialida qayd etilgan debitor qarzdorliklarni o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirilishi.

BXMS № 3 sonli koidalariga va maxsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chikarish va sotish xarajatlarning tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shaklantirish tartibi to’g’risidagi nizom qoidalariga, O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi qonunining 13-modda «Daromadlar va xarajatlarni hisobga olish» ga e’tibor berish.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 2011 yil  16-martdagi 1503    sonli qarorini ijrosini so’zsiz bajarish.

O’zbekiston Respublikasining 26.04.1996 yildagi N 223-I «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» gi qonunini (56-modda. Dividendlarni to’lash tartibi) ijrosiga qat’iy rioya qilish.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 oktyabrdagi hamda 2002 yil 19 martdagi «Ish haqining o’z vaqtida tulanishi uchun Vazirliklar, idoralar va xo’jalik yurituvchi subyektlar rax,barlarining javobgarligini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar tug’risida»gi 504 sonli va 88-sonli karori talablari bajarilishi ta’minlash.

Jamiyatda buxgalteriya hisobini, hisobxona ishlarini va moliyaviy faoliyatini yuritilishi buyicha  2015 yil uchun hisob siyosati 1-sonli BXMS asosida ishlab chiqish.

4-sonli  BXMS talabi asosida material hisobotlar belgilangan shaklda hisobdor shaxslardan qabul qilinishi va imzolanishi, tasdiqlanishi ta’minlanishi;

Barcha asosiy vositalar tarkibi qayta baholashdan to’liq o’tkazilishi  kurib chiqilib, 5-sonli BXMS talabi asosida to’liq yuritilishi ta’minlanishi;

Xo’jalik subyektlarining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risidagi qonunga muvofiq shartnomalar to’zilishi ta’minlanishi;

Soliq turlari va ajratmalari qayta kurib chiqilib, aniqlangan kamchiliklar auditorlik hisobotining «Soliqlar hisoboti» da ko’rsatilgan farqlar qayta hisob-kitob qilinishi va soliq qonunchiliga to’liq rioya qilinishi ta’minlanishi va qarzdorliklarga yo’l qo’yilmasligi ta’minlanishi.

  Samarqand viloyat “Qishloqxo’jalikkimyo”

  HAJ Ichki auditori:                                                                        N.T.Sultonov

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over