info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

article110 Dvidend qanday tartibda to‘lanadi va hisoblanadi?

     Yil yakuni bilan o‘tkaziladigan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida jamiyatning sof foydasini taqsimlash to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar tomonidan qabul qilinadi, shu jumladan dvidendga ajratilgan mablag‘lar aniqlanadi.

      To‘lash tartibi naqd pul va plastik kartochka ko‘rinishida hisob-kitob qilinadi.

     To‘lov muddati O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 may kunidagi URQ-370 sonli “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 51-moddasiga asosan 60 kalendar kun ichida to‘lanadi.

  article110   Boshoqli don ekinlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish tadbiri davrida fermer xo‘jaligi raxbarining  vazifasi nimalardan iborat?

      – Fermer xo‘jaligi rahbari oziqlantirish tadbirini o‘tkazish grafigida belgilangan muddatdan 5 kun avval tuman “Qishloqxo‘jalikkimyo” hididiy aksiyadorlik jamiyati filialiga ko‘rsatib haqiqatda ushbu kunda oziqlantirish o‘tkaziladigan maydonda talab etiladigan mineral o‘g‘itlar uchun buyurtmanomani tasdiqlagan holda taqdim etadi.

    – Fermer xo‘jaligi rahbari xududiy fermerlar kengashi bilan hamkorlikda tuman xokimligi tomonidan tasdiqlangan oziqlantirish grafigiga asosan o‘g‘it  sepish uchun o‘zining g‘alla maydoni ko‘rsatilgan kunga tayyorlashni, bunda, dalaga mineral  o‘g‘it olib boruvchi yo‘llarni tekislashni ta’minlaydi.

      – Belgilangan kunda o‘z ishchilari bilan soat 7-00 dan dalada bo‘ladi va olib kelingan mineral o‘g‘itni sepishda otryadga yordam berishni ta’minlaydi.

       – Xududga olib kelingan mineral o‘g‘itni yuk-xatiga asosan qabul qilib olib, ushbu mineral o‘g‘itni o‘zining dalasiga shu kunning o‘zida to‘liq sepilishini tashkillashtiradi. O’g‘it sepilganligi  to‘g‘risida 4-nusxa dalolatnomalarni rasmiylashtirib imzolaydi va  1-nusxasini o‘zida olib qoladi.

 

  article110   Aksiya egasi vafot etgan taqdirda aksiya meros sifatida yaqinlariga qanday tartibda rasmiylashtiriladi?

          Marxumning yaqinlari tomonidan o‘lim to‘g‘risidagi guvoxnomani va aksiya sertifikatining asl nusxalari hamda oila a’zolarining pasport nusxalari natorial idoraga taqdim etiladi.  Natorial idora tomonidan aksiya egasini nomi ko‘rsatilgan tegishli qaror chiqariladi va ushbu qaror qimmatli qog‘ozlarni saqlash depozitariysiga taqdim etiladi. Aksiyadorlar reyestriga kiritish maqsadida anketa va kartochka to‘ldiriladi hamda ro‘yxatga olinadi.

 

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over