info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Samarqanddan Amerikaga 377 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi

Samarqand viloyati iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda viloyatdagi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlari dunyoning 80 ga yaqin davlati, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirib kelmoqda.

Joriy yilning birinchi choragida tomonlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi 1 million 480 ming dollardan ko‘proqni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki barobar o‘sish ko‘rsatkichiga erishilgan.

Ayni paytda bunda import ulushi ko‘proq (1 million 103 ming dollar) bo‘lsa-da, yil yakuniga qadar eksport ko‘rsatkichlarini ham oshirish imkoniyati mavjud.

Shu bilan birga, hozirda AQSH kapitali ishtirokida 10 dan ortiq korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur subyektlar tomonidan zamonaviy texnologiyalar asosida oziq-ovqat va farmatsevtika mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, bir qator xizmat ko‘rsatish korxonalari tashkil etilgan.

Samarqand shahrida joriy yil yanvar oyidan ish boshlagan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “MAROKAND PENSYLVANIA TRADE” qo‘shma korxonasi ana shunday ishlab chiqarish subyektlaridan hisoblanadi.

– Spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi korxona rahbari Sh.Rahmatov. – Amerikalik hamkorlarimiz ko‘magida xorijdan 500 ming dollarlik zamonaviy texnologiya keltirib o‘rnatganmiz. Uning yordamida kuniga uch xil hajmda 50 ming dona mineral suv va boshqa ichimliklarni qadoqlash imkoniyati mavjud. Mahsulot asosan ichki bozorga chiqarilmoqda. Hozirda korxonamizda o‘n nafar yosh doimiy ish bilan ta’minlangan. Kelgusida mahsulot turi va hajmini oshirish hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish rejalashtirilgan.

Muallif haqida

Fikr bildirish

*

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over