Samarqand@uzakh.uz    +998662217405 fax:+998662217271

SAMARQANDDA VATAN HIMOYACHILARI KUNI XALQ BAYRAMI SIFATIDA NISHONLANDI!

Samarqandda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbirlari Amir Temur maqbarasini ziyorat qilib, Sohibqiron yodiga Qur’on tilovat qilish bilan boshlandi.

Shundan so’ng viloyat hokimligi, viloyat tashkilot va korxonalari, muassasalari rahbarlari, harbiy qismlar komandirlari va keng jamoatchilik vakillari harbiy orkestr sadolari ostida Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo’yib, Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo’lida jon fido qilgan yurtdoshlarimizni yod etdilar.

Bayram dasturi doirasida Ko’ksaroy maydonida tashkil etilgan, armiya va xalq birdamligini keng namoyon etgan harbiy parad, zamonaviy texnikalar, qurol aslaha va anjomlar ko’rgazmasi vatanimiz tinchligi ishonchli qo’llarda ekanligi namoyon etib, yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida bo’lib o’tgan tantanali marosimda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoevning Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo’llagan bayram tabrigi o’qib eshittirildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining joriy yil 13 yanvardagi Farmoniga binoan Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhi davlatimizning yuksak orden va medallari, faxriy unvonlari bilan taqdirlangandi. Ular orasida Samarqand viloyatida xizmat burchini a’lo darajada o’tayotgan harbiy xizmatchilar ham bor. Tadbir davomida ana shu mukofotlar o’z egalariga topshirildi.

“Zilol baxt” bazmgohida harbiy xizmatchilar sharafiga to’kin dasturxon yozildi. San’atkorlar ijrosidagi Vatan, tinchlik va do’stlikni madh etuvchi kuy-qo’shiqlarga ulanib ketgan tadbir ishtirokchilarga bayramona kayfiyat baxsh etdi. Viloyatda bayram tadbirlari ko’tarinki ruhda davom etmoqda. Bu haqida samarkand.uz sayti habar bermoqda.

Muallif haqida

Fikr bildirish

*

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over