info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Klaster loyihasi – farovonlik omili

Joriy yilda Farg‘ona viloyatida 116,5 gektar maydonda 26 ta zamonaviy issiqxona barpo etilmoqda.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar aholi farovonligini yuksaltirish, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Viloyatda ilg‘or va innovatsion texnologiyalar asosida issiqxonalar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 624,7 gektar maydonda turli o‘lchamdagi 2 ming 756 ta issiqxona faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili Dang‘ara tumanidagi “Zimniy sad”, “Agro grin siti” mas’uliyati cheklangan jamiyatlarida gidroponika usulida issiqxona tashkil etildi. Ayni kunlarda bu yerda turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, aholi dasturxoniga tortiq qilinmoqda.
Quvasoy shahridagi “Agro service Asia” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qadoqlash va eksport qilish bo‘yicha klaster loyihasi amalga oshirilmoqda. Qishloq xo‘jaligida fan va texnika yutuqlarini, resurs tejaydigan zamonaviy va intensiv agrotexnologiyalarni, ilg‘or tajribalarni joriy qilish muhim vazifalardan sanaladi. Xususan, mazkur jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha aynan innovatsion va zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilmoqda.
12 gektar maydondan iborat hududda ko‘chat yetishtirishdan boshlab to uni qayta ishlash, qadoqlash va eksportga jo‘natishgacha bo‘lgan barcha jarayon bajariladi. Bu yerda 2 ta zamonaviy ko‘chatxona, 10 ta issiqxona, Net house, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash kamerasi, logistika markazi qurildi. Shuningdek, bu yerda fermer xo‘jaliklari, tomorqa yer egalari uchun ham mahorat darslari o‘tish, maslahat berish tashkil etilgan.
Gidroponika usulidagi issiqxonada Isroildan keltirilgan zamonaviy jihozlar o‘rnatildi. Issiqxonadagi harorat, o‘simlikning suv va ozuqaga talabi chuqur tahlil orqali aniqlanadi. Turli minerallar bilan boyitilgan suv tomchilatish usulida o‘simlik ildiziga yetkaziladi. Ayni kunlarda bu yerda yetishtirilayotgan bodring, pomidor, bulg‘or qalampiri hosilga kirdi va buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda. Bu yerda 60 kishining doimiy bandligi ta’minlangan.
Muallif haqida

Fikr bildirish

*

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over