info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Samarqand viloyati «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatining navbatdagi

Umumiy yig’ilishi

B A YO N I   № 12

 Yukalb olish                                                           Invalid download ID.

Samarqand viloyati «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatining navbatdagi

Umumiy yig’ilishi

B A YO N I   № 13

PDF shaklida yuklab olish

Samarqand viloyati «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatining navbatdan tashqari

Umumiy yig’ilish

B A YO N I   № 14

PDF shaklida yuklab olish

Samarqand viloyati «Agrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyatining navbatdan tashqari

Umumiy yig’ilish

B A YO N I   № 15

PDF shaklida yuklab olish

Samarqand viloyati «Agrokimyohimoya» hududiy aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining navbatdagi
Umumiy yig’ilishi

         B A YO N I  № 16

 26 iyun 2017 yil                                                                               Samarqand sh.

 Umumiy yig’ilish boshlanish

vaqti soat 11:00 da

 Boshlandi soat 11:00da

 Taklif etilganlar:

     Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” HAJ aktsiyadorlari hamda ular nomidan kelgan vakillar, kuzatuv kengash a’zolari, boshqaruv a’zolari, taftish komissiya a’zolari, ichki audit xizmati va boshqalar (ro’yxat bo’yicha).

 Qatnashdi :

  • “O’zagrokimyohimoya” AJ nomidan (“O’zagrokimyohimoya” AJning
    2017 yil 23 iyundagi 01-16G’1220-sonli ishonchnomasiga asosan) jamiyatning aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlar xizmati boshlig’i
    Sh. Elmanov – 51 foiz, 379 157 dona aktsiyalar bo’yicha.
  • Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi nomidan (Markazning 2017 yil 23 iyundagi 79-sonli ishonchnomasiga asosan) Davlat raqobat qo’mitasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining sho’’ba mudiri M. Gafurov – 32,03 foiz, 238 122 dona aktsiyalar bo’yicha.
  • Boshqa aktsiyadorlar.

“O’zagrokimyohimoya” AJ (51 foiz aktsiyalar bo’yicha) nomidan ishtirok etayotgan X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishida quyidagi tartibda ovoz berishni taklif qildi:

  • Yig’ilish ishchi organi (Prezidium va kotibi) va sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash – ochiq ovoz berish yo’li bilan;
  • yig’ilishning kun tartibidagi masalalar bo’yicha – yopiq ovoz berish yo’li bilan (ovoz berish byulletenlari orqali).

Taklif ovozga qo’yildi.

Taklif ochiq ovoz berish yo’li bilan bir ovozdan tasdiqlandi.

Shundan so’ng, X.Sh.Elmanov navbatdagi yillik umumiy yig’ilishini qonun doirasida olib borish uchun umumiy yig’ilish prezidiumi, raisi va kotibini saylash uchun nomzodlarni ko’rsatishni taklif etdi.

Jamiyatning iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish bo’limi boshlig’i R.Ya.To’raev so’zga chiqib, quyidagi nomzodlarni navbatdagi yillik umumiy yig’ilish prezidiumiga, yig’ilish raisligi va kotibligiga saylashni taklif qildi: Jumladan;

  • Navbatdagi yillik umumiy yig’ilish prezidiumiga:
  • “O’zagrokimyohimoya” AJning ishonchli vakili – Sh. Elmanov;
  • Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining ishonchli vakili – A.M. Gafurov;
  • Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” HAJ boshqaruv raisi –
    N. Nazarov.
  • Navbatdagi yillik umumiy yig’ilish raisligiga “O’zagrokimyohimoya” AJning ishonchli vakili X.Sh.Elmanov;
  • Navbatdagi yillik umumiy yig’ilish kotibligiga, Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” HAJning aktsiyadorlar bilan korporativ munosabatlarni o’rnatish bo’limi bosh mutaxassisi Sh.M. Shernaev.

Ochiq ovoz berish yo’li bilan bir ovozdan quyidagilar saylandi:

  • Navbatdagi yillik umumiy yig’ilish prezidiumiga – X.Sh.Elmanov, A.M. Gafurov va M.N. Nazarov.
  • Navbatdagi yillik umumiy yig’ilish raisi – Sh. Elmanov.
  • Navbatdagi yillik umumiy yig’ilish kotibi – Sh.M. Shernaev.

Shundan so’ng, yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov aktsiyadorlarning navbatdagi umumiy yig’ilishini ochiq deb e’lon qildi va prezidiumdan o’z joylarini egallashlarini so’rab, «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonunning
68-moddasiga asosan umumiy yig’ilish kvorumini aniqlash maqsadida, ovozlarni sanab chiqish uchun kuzatuv kengashi tomonidan taklif etilgan quyidagi 3 kishidan iborat sanoq komissiyasini saylash bo’yicha taklif kiritdi.

Sanoq komissiyasi raisligiga  F.R. Xoldorov.

A’zolari                                                 D.M. Azimova va S.L. Pardaevalar.

Ushbu nomzodlar ovozga qo’yildi va ochiq ovoz berish yo’li bilan bir ovozdan saylandi.

Jamiyat aktsiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig’ilishiga qatnashish uchun ro’yxatdan o’tgan aktsiyadorlarni jamlash natijalari va yig’ilish kvorumini aniqlash maqsadida, umumiy yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zni sanoq komissiyasi raisi F.R.Xoldorovga berdi.

Sanoq komissiyasi raisi F.R.Xoldorov so’zga chiqib, navbatdagi umumiy yig’ilish qatnashchilariga O’zbekiston Respublikasining «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarni huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi Qonuni yangi tahririning 68-moddasiga asosan, agar aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tugallangan paytda jamiyatning joylashtirilgan ovoz beruvchi aktsiyalarining jami ellik foizidan ko’proq ovoziga ega bo’lgan aktsiyadorlar (ularning vakillari) ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi vakolatli (kvorumga ega) bo’lishini yig’ilish qatnashchilariga ma’lum qilib, jamiyat ustav jamg’armasiga chiqarilgan jami 743 433 dona oddiy ovoz beruvchi aktsiyalardan yig’ilishda ishtirok etayotgan aktsiyadorlar va vakillarga tegishli ovoz beruvchi aktsiyalar soni 666 286 donani tashkil etishini hamda yig’ilish kvorumi 89,6 foiz ekanligini ta’kidlab, aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilishini o’tkazish vakolatli ekanligini ma’lum qildi.

Shundan so’ng, yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig’ilish kun tartibini o’qib eshittirdi.

KUN TARTIBI:

  1. Jamiyat kuzatuv kengashi raisining 2016 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  2. Jamiyat ijroiya organining 2016 yilgi biznes-reja parametrlarining bajarilishi to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash;
  3. Jamiyatning 2016 yil yakuni bo’yicha yillik balans va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash;
  4. Taftish komissiyasining 2016 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash;
  5. 2016 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha tashqi auditorlik tashkilotining milliy va halqaro audit standarti talablari asosida o’tkazgan tekshiruv natijasi yuzasidan bergan xulosalarini va tekshirish hisobotini tasdiqlash;
  6. 2017 yilga jamiyat kuzatuv kengashi tarkibini qayta saylash;
  7. 2017 yilga jamiyatning taftish komissiyasi tarkibini qayta saylash;
  8. Jamiyatning 2017 yil uchun ijroiya organi rahbari va uning a’zolarini xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida saylash (tayinlash);
  9. 2016 yil yakuni bo’yicha jamiyat sof foydasini taqsimlash;
  10. Jamiyatning 2017 yilga mo’ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash;
  11. Jamiyatning 2017 yil moliya-xo’jalik faoliyatini milliy va halqaro audit standarti talablari asosida tekshirish o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlash va unga to’lanadigan xizmat haqini tasdiqlash;
  12. Jamiyat ustaviga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish;
  13. Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tomonidan sotilgan mahsulot qiymatidan 0,6 foiz miqdorida ustama haqlarini “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatiga ajratish bo’yicha affillangan shaxs bilan tuziladigan bitimni ma’qullash.
  14. Jamiyat tomonidan qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va tasdiqlash bo’yicha vakolatni kuzatuv kengashiga berish.

Umumiy yig’ilishi kun tartibidagi masalalar ovozga qo’yildi.

            Taklif bir ovozdan ma’qullandi:

 Ovoz berish natijalari:

 “Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Jamiyat kuzatuv kengashi raisining 2016 yil yakuni bo’yicha hisobotini tasdiqlash

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashi a’zosi A.M.Gafurov so’zga chiqib, jamiyat kuzatuv kengashining 2016 yil davomida qilingan ishlari to’g’risidagi hisobotini o’qib eshittirdi.

Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi 2016 yil davomida o’z faoliyatini Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati Ustavining “Kuzatuv kengashi to’g’risida”gi bandi va O’zbekiston Respublikasining tegishli qonunlariga asosan olib borganligi hamda mazkur hisobot davrida kuzatuv kengashining chorak yakunlari bo’yicha to’rtta hamda rejadan tashqari ettita yig’ilishi o’tkazilib, ushbu yig’ilishlarda 34 ta masalalar ko’rib chiqilganligini ma’lum qildi.

Ma’ruzachi aktsiyadorlarni kuzatuv kengashining yig’ilishlarida ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha qabul qilingan qarorlari to’g’risida batafsil ma’lumot berdi.

(Hisobot ilova qilindi)

 Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyat kuzatuv kengashi raisining 2016 yil davomida bajargan ishlari to’g’risidagi hisoboti tasdiqlansin.

 Jamiyat ijroiya organining 2016 yilgi biznes-reja parametrlarining bajarilishi to’g’risidagi
hisobotini tasdiqlash

 

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan jamiyat boshqaruv raisi M.N.Nazarov so’zga chiqib, jamiyat ijroiya organining 2016 yil yakuni bo’yicha hisobotini o’qib eshittirdi.

2016 yil davomida umumiy ish hajmi va savdo-ta’minot bo’yicha reja 100 395,5 mln.so’mga belgilanib, haqiqatda 115 697,7 mln.so’mga va reja
115,2 foizga bajarilganligini hamda 429,2 mln.so’mlik sof foyda olingan holda, reja ko’rsatkichi 100,4 foizga bajarilganligini ma’lum qildi.

(Hisobot ilova qilindi)

 Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

Qaror qabul qilindi:

 Jamiyat ijroiya organining 2016 yilgi biznes-reja parametrlarining bajarilishi to’g’risidagi hisoboti tasdiqlansin.

 Jamiyatning 2016 yil yakuni bo’yicha yillik balans va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotini tasdiqlash

 Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan jamiyat bosh hisobchisi O.J.Eshqulov so’zga chiqib, jamiyatning 2016 yil yakuni bo’yicha yillik balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotini o’qib eshittirdi.

Jamiyatning 2016 yil moliyaviy faoliyati yuzasidan tuzilgan hisobotda balans summasi 283 556,1 mln.so’mni tashkil qilganligini, shundan:

Aktiv

– uzoq muddatli aktivlar 8 365,0 mln.so’m;

– joriy aktivlar 275 191,1 mln.so’m;

Passiv

            – o’z mablag’lari manbalari 4 688,1 mln.so’m;

– majburiyatlar 278 867,9 mln.so’mni tashkil qildi.

2016 yil moliyaviy natijalar bo’yicha jamiyatda 115 697,7 mln.so’mlik tovar aylanmasi bo’lib, shundan sotilgan mahsulotlar tannarxi 97 671,0 mln.so’mni tashkil qildi va 18 026,8 mln.so’m yalpi daromad olindi. Davr xarajatlari 13 309,1 mln.so’mni tashkil qildi.

Asosiy faoliyatning foydasi 5 831,3 mln.so’mni tashkil qildi. Umumxo’jalik faoliyatining foydasi 6 292,7 mln.so’m, foyda solig’ini to’lagunga qadar foyda 6 292,7 mln.so’mni tashkil qildi, shundan boshqa soliqlar 5 863,5 mln.so’m hisoblanib, hisobot davrida sof foyda 429,2 mln.so’mni tashkil qilganligini ma’lum qildi.

(Hisobot ilova qilindi)

Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyatning 2016 yil yakuni bo’yicha yillik balansi va moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisoboti tasdiqlansin.

 Taftish komissiyasining 2016 yil yakuni bo’yicha
hisobotini tasdiqlash

 Kun tartibidagi to’rtinchi masala yuzasidan jamiyat taftish komissiyasi raisi A.T.Sattarov so’zga chiqib, 2016 yil yakuni bo’yicha hisobotini o’qib eshittirdi.

Mazkur hisobotda, O’zbekiston Respublikasining ”Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni va “Jamiyatning taftish komissiyasi to’g’risida”gi Nizomga asosan jamiyatning 2016 yilgi moliyaviy-xo’jalik faoliyati taftish qilinganligi hamda jamiyatda affillangan shaxslar tomonidan bitim tuzish bo’yicha yozma bildirishnomalar kelib tushmaganligi to’g’risida ma’lum qilindi.

(Hisobot ilova qilindi)

Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyat taftish komissiyasining 2016 yil yakuni bo’yicha hisoboti tasdiqlansin.

2016 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha tashqi auditorlik tashkilotining milliy va Halqaro audit standarti talablari asosida o’tkazgan tekshiruv natijasi yuzasidan bergan xulosalarini va tekshirish hisobotini tasdiqlash

 

Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan “Javlon Audit Servis” MChJ auditorlik tashkilotining auditori so’zga chiqib, Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyatining 2016 yil 1 yanvardan 2016 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrida moliyaviy xo’jalik faoliyatining milliy va Halqaro audit standarti talablari asosida o’tkazgan tekshiruvi natijalari to’g’risidagi hisobotini o’qib eshittirdi.

(Hisobot ilova qilindi)

 Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. 2016 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha “Javlon Audit Servis” MChJ auditorlik tashkilotining milliy va halqaro audit standarti talablari asosida o’tkazgan tekshiruv natijasi yuzasidan bergan xulosalari va tekshirish hisoboti tasdiqlansin.

 2017 yilga jamiyat kuzatuv kengashi tarkibini qayta saylash

Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni, 63-moddasi talablari asosida jamiyatining kuzatuv kengashi a’zoligiga “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatining 2017 yil 6 iyundagi 01-16G’1024-sonli xati, shuningdek Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish Markazining 2017 yil
26 yanvardagi 01G’06-170-sonli va 2017 yil 22 iyundagi 01G’06-1484-sonli xatlari orqali quyidagi nomzodlar ro’yxati taklif qilingan.

  1. Sh. Elmanov  – “O’zagrokimyohimoya” AJ xizmat boshlig’i.
  2. Bababekov – “O’zagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshlig’i.
  3. A. Jo’raev – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  4. A. Mamutov – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  5. M. Maksudov – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  6. S. Axmedjanova – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  7. A. Qambarov – Moliya vazirligi bosh iqtisodchisi.
  8. M. Gafurov  – Davlat raqobat qo’mitasi Samarqand viloyati
    hududiy boshqarmasi sho’’ba mudiri.
  9. B. Baxtiyorov – Davlat raqobat qo’mitasi mutaxassisi.

Mazkur nomzodlar aktsiyadorlar tomonidan muhokama qilindi hamda yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning 76-moddasiga hamda jamiyat ustavining 13.5 bandida belgilanganidek, kuzatuv kengashi a’zolari soni to’qqiz kishidan iborat bo’lishi to’g’risida jamiyat aktsiyadorlariga uqtirib o’tdi.

Mazkur takliflar ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

 E.Sh.Elmanov – tarafdor – 617 742 dona aktsiya, qarshi – yo’q,

  1. betaraf – yo’q.
  2. Q.Bababekov – tarafdor – 617 742 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.
  3. A.A.Jo’raev – tarafdor – 617 742 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.
  4. M.A.Mamutov – tarafdor – 617 742 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.
  5. K.M.Maksudov – tarafdor – 617 742 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.
  6. K.S.Axmedjanova – tarafdor – 617 742 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.
  7. M.A.Qambarov – tarafdor – 763 373 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.

8.A.M.Gafurov                – tarafdor – 763 373 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
betaraf – yo’q.

  1. X.B.Baxtiyorov – tarafdor – 763 373 dona aktsiya, qarshi – yo’q,
    betaraf – yo’q.

 Qaror qabul qilindi:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni
    63-moddasiga asoslangan holda, jamiyatning 2017 yil davomida kuzatuv kengash a’zoligiga quyidagi nomzodlar ro’yxati saylansin.
  • Sh. Elmanov – “O’zagrokimyohimoya” AJ xizmat boshlig’i.
  • Bababekov – “O’zagrokimyohimoya” AJ boshqarma boshlig’i.
  • A. Jo’raev – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  • A. Mamutov – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  • M. Maksudov – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  • S. Axmedjanova – “O’zagrokimyohimoya” AJ bosh mutaxassisi.
  • A. Qambarov – Moliya vazirligi bosh iqtisodchisi.
  • M. Gafurov         – Davlat raqobat qo’mitasi Samarqand viloyati
    hududiy boshqarmasi sho’’ba mudiri.
  • B. Baxtiyorov – Davlat raqobat qo’mitasi mutaxassisi.

2017 yilga jamiyatning taftish komissiyasi
tarkibini qayta saylash

 Kun tartibidagi ettinchi masala yuzasidan yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni, 63-moddasi talablari asosida jamiyatining taftish komissiyasi a’zoligiga “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatining 2017 yil 6 iyundagi 01-16G’1024-sonli xati, shuningdek Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish Markazining 2017 yil
26 yanvardagi 01G’06-170-sonli xati orqali quyidagi nomzodlar ro’yxati taklif qilingan.

  1. N.Mirzajonov – Andijon viloyati “Agrokimyohimoya” HAJ

Andijon tuman filiali hisobchisi.

  1. Sh.Irnazarov – “O’zagrokimyohimoya” AJ referenti.
  2. T.Sattarov – Davlat raqobat qo’mitasi Samarqand viloyat

hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi.

Mazkur nomzodlar aktsiyadorlar tomonidan muhokama qilindi hamda yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga hamda jamiyat ustavining 16.1 bandida belgilanganidek, taftish komissiyasi a’zolari soni uch kishidan iborat bo’lishi to’g’risida jamiyat aktsiyadorlariga ma’lum qildi.

Mazkur takliflar ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning xuquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni
    63-moddasiga asoslangan holda, jamiyatning 2017 yil davomida taftish komissiyasi tarkibiga quyidagi nomzodlar ro’yxati saylansin.
  • N.Mirzajonov – Andijon viloyati “Agrokimyohimoya” HAJ

Andijon tuman filiali hisobchisi.

  • Sh.Irnazarov – “O’zagrokimyohimoya” AJ referenti.
  • T.Sattarov – Davlat raqobat qo’mitasi Samarqand viloyat

hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi.

Jamiyatning 2017 yil uchun ijroiya organi rahbari va uning a’zolarini xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida saylash (tayinlash)

 Kun tartibidagi sakkizinchi masala yuzasidan yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, O’zbekiston Respublikasining 2014 yil 6 maydagi 370-sonli “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi yangi tahrirdagi Qonunining
79-moddasiga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi “Aktsiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora–tadbirlari to’g’risida”gi PF–4720–sonli Farmoniga asosan aktsiyadorlik jamiyati ijro organining rahbarini tayinlash to’g’risidagi qaror, odatda, xorijiy menejerlar ham ishtirok etishi mumkin bo’lgan tanlov asosida qabul qilinishi bo’yicha tartib o’rnatilganligini yig’ilish ishtirokchilariga ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek, jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq, Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” HAJda 2016 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha biznes-reja ko’rsatkichlari qoniqarli darajada bajarilganligini inobatga olib, jamiyat ijroiya organi rahbari, jamiyat boshqaruv raisi M.N.Nazarov va uning a’zolari, jamiyat boshqaruv raisi o’rinbosari Z.A.Ergashev va jamiyat bosh hisobchisi O.J.Eshqulovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bir yilga uzaytirish to’g’risida taklif kiritdi.

Mazkur taklif ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

 Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” HAJda 2016 yil moliya-xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha biznes-reja ko’rsatkichlari qoniqarli darajada bajarilganligi inobatga olinib, jamiyat ijroiya organi rahbari, jamiyat boshqaruv raisi M.N.Nazarov va uning a’zolari, jamiyat boshqaruv raisi o’rinbosari Z.A.Ergashev va jamiyat bosh hisobchisi O.J.Eshqulovlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o’rnatilgan tartibda bir yilga uzaytirilsin.

2016 yil yakuni bo’yicha jamiyat sof foydasini taqsimlash

 Kun tartibidagi to’qqizinchi masala yuzasidan yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, jamiyatning 2016 yil moliyaviy xo’jalik faoliyati yakunlari bo’yicha sof foydasini taqsimlash masalasi yuzasidan ma’ruzasi tinglandi.

Hisobot davrining sof foydasi buxgalteriya hisoboti bo’yicha jami   429 211,1 ming so’mni tashkil etib, shundan;

  • 38% miqdori, ya’ni 163 100,2 ming so’mi ishlab chiqarishni rivojlantirishga;
  • 5% miqdori, ya’ni 21 460,55 ming so’mi jamiyat zaxira jamg’armasiga;
  • 1% miqdori, ya’ni 4 292,1 ming so’mi jamiyatni rivojlantirish va yangi texnologiya fondiga;
  • 1% miqdori, ya’ni 4 292,1 ming so’mi mehnatni muhofaza qilish fondiga;
  • 50% miqdori, ya’ni 214 605,5 ming so’mi dividend to’lovlari uchun yo’naltirishi;
  • 5% miqdori, ya’ni 21 460,55 ming so’mi jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari va kotibiyatini hamda taftish komissiya a’zolarini rag’batlantirishga yo’naltirish to’g’risida taklif berdi.

(Dividend to’lovlari uchun ajratiladigan 214 605,5 ming so’m, bir dona aktsiyaning nominal qiymati 2 400 so’m bo’lgan 743 433 dona aktsiyalar soniga bo’lganda, har bir aktsiya uchun 288 so’m 67 tiyindan to’g’ri keladi).

(Hisobot ilova qilindi)

Mazkur taklif ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. Hisobot davrining sof foydasi, ya’ni 429 211,1 ming so’m quyidagicha taqsimlansin:
  • 38% miqdori, ya’ni 163 100,2 ming so’mi ishlab chiqarishni rivojlantirishga;
  • 5% miqdori, ya’ni 21 460,55 ming so’mi jamiyat zaxira jamg’armasiga;
  • 1% miqdori, ya’ni 4 292,1 ming so’mi jamiyatni rivojlantirish va yangi texnologiya fondiga;
  • 1% miqdori, ya’ni 4 292,1 ming so’mi mehnatni muhofaza qilish fondiga;
  • 50% miqdori, ya’ni 214 605,5 ming so’mi dividend to’lovlari uchun yo’naltirilsin;
  • 5% miqdori, ya’ni 21 460,55 ming so’mi jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari va kotibiyatini hamda taftish komissiya a’zolarini rag’batlantirishga yo’naltirilsin.

 Jamiyatning 2017 yilga mo’ljallangan biznes-rejasini tasdiqlash

 Kun tartibidagi o’ninchi masala yuzasidan jamiyatning iqtisodiy tahlil va prognozlashtirish bo’limi boshlig’i R.Ya.To’raev so’zga chiqib, jamiyatning 2017 yilgi biznes-rejasi yuzasidan ma’ruza qildi.

Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tizimidagi tuman filiallari tomonidan 2017 yil paxta va g’alla hosili uchun etkazib beriladigan mineral o’g’it va ko’rsatiladigan agrokimyoviy xizmatlari, shuningdek umumiy ishlab chiqarish va savo ta’minoti uchun tasdiqlangan reja 148 054,4 mln.so’mni tashkil etishi va sof foydasi 472,1 mln.so’m miqdorida rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyatning 2017 yilga mo’ljallangan biznes-rejasi (sof foyda olish 472,1 mln.so’m, mol-aylanma 148 054,4 mln.so’m) va xarajatlar smetasi tasdiqlansin.

Jamiyatning 2017 yil moliya-xo’jalik faoliyatini milliy va Halqaro audit standarti talablari asosida tekshirish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlash va unga to’lanadigan xizmat haqini tasdiqlash

 Kun tartibidagi o’n birinchi masala yuzasidan yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, jamiyatning 2017 yil moliya-xo’jalik faoliyatini milliy va Halqaro audit standarti talablari asosida tekshirish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlash va unga to’lanadigan xizmat haqini tasdiqlash yuzasidan ma’ruza qildi.

Jamiyatning 2017 yil moliyaviy-xo’jalik natijalarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish istagini bildirib, quyidagi auditorlik tashkilotlaridan takliflar kelib tushganligini ma’lum qildi:

  • AT «SAM KELAJAK AUDIT» auditorlik tashkiloti – 19,0 mln.so’m.
  • MChJ «AFROSIYOB AUDIT STANDART» audit tashkiloti – 19,0 mln.so’m.
  • MChJ «JAVLON AUDIT SERVIS» auditorlik tashkiloti – 21,0 mln.so’m.
  • MChJ «KAMILA-AZIM AUDIT» auditorlik tashkiloti – 20,0 mln.so’m.

(Jamiyatga o’z xizmatlarini taklif qilgan tashqi auditorlar ro’yxati va ular tomonidan taklif etilgan xizmatlar bahosi to’g’risidagi xatlari ilova qilindi)

Mazkur takliflar ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

– AT «SAM KELAJAK AUDIT» auditorlik tashkiloti – ovoz berilmagan, 0,0 %.

MChJ «AFROSIYOB AUDIT STANDART» auditorlik tashkiloti – 271 203 ta aktsiya egalari, 40,7 foiz.

– MChJ «JAVLON AUDIT SERVIS» auditorlik tashkiloti – 15 926 ta aktsiya egalari, 2,4 foiz.

– MChJ «KAMILA-AZIM AUDIT» auditorlik tashkiloti – 379 157 ta aktsiya egalari, 56,9 foiz.

Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyat aktsiyadorlarining ko’pchilik ovozi (yig’ilish kvorumining 56,9 foizini tashkil qilgan, 379 157 ta aktsiya egalari) bilan, jamiyatning
    2017 yil moliya-xo’jalik faoliyatini milliy va Halqaro audit standarti talablari asosida tekshirish uchun MChJ «KAMILA-AZIM AUDIT» auditorlik tashkiloti tasdiqlansin.
  2. MChJ «KAMILA-AZIM AUDIT» auditorlik tashkilotining xizmat xaqi 20,0so’m miqdorida (QQS bilan birga) belgilansin.

Jamiyat ustaviga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish

Kun tartibidagi o’n ikkinchi masala yuzasidan jamiyatning bosh yuriskonsulti O’.M.Qodirov so’zga chiqib, jamiyat kuzatuv kengashining
2017 yil 25 fevraldagi 46-sonli bayonnomasi qaroriga muvofiq jamiyat tizimida Qo’shrabot tuman “Agrokimyohimoya” HAJ filiali tashkil etilganligini ma’lum qildi va me’yoriy hujjatlarni qonun talablariga muvofiqlashtirish maqsadida, jamiyat Ustavining 2.19. bandiga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilganligini hamda ushbu o’zgartirishlar matnini tasdiqlash lozimligini ta’kidlab o’tdi.

(Qo’shimcha va o’zgartirishlar ilova qilindi)

Mazkur taklif ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyat Ustavining 2.19. bandiga kiritilayotgan qo’shimcha va o’zgartirishlar matni tasdiqlansin hamda o’rnatilgan tartibda davlat ro’yxatidan o’tkazilsin.

 Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tomonidan sotilgan mahsulot qiymatidan 0,6 foiz miqdorida ustama haqlarini “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatiga ajratish bo’yicha affillangan shaxs bilan tuziladigan bitimni ma’qullash

Kun tartibidagi o’n uchinchi masala yuzasidan umumiy yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatining 2017 yil 20 fevraldagi 02-16G’105-sonli topshirig’ida “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi yig’ilishining 2017 yil 16 yanvardagi qaroriga asosan viloyat “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyatlarida sotilgan mahsulot qiymatidan 0,6 foiz miqdorida ustama haqlari “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatiga ajratilishi belgilab berilganligini, shunga ko’ra, “O’zagrokimyohimoya” AJ hamda Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” HAJlar o’rtasida tuziladigan “Yuqori turuvchi tashkilotni saqlash xarajatlari uchun ajratmalar ajratish to’g’risida”gi shartnomani ma’qullash va jamiyat tomonidan qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va tasdiqlash bo’yicha vakolatni kuzatuv kengashiga berish masalalarini aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ko’rib chiqish so’ralganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni
88-moddasi talablariga asosan, agar jamiyat kuzatuv kengashining ikki va undan ortiq a’zosi affillangan shaxs bo’lsa, bitim bo’yicha qaror ushbu Qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinishi, jamiyatning affillangan shaxsi jamiyatning kuzatuv kengashi yoki aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi mazkur bitim yuzasidan qaror qabul qilayotganda muhokamada ishtirok etishga haqli emasligi va ovoz berish huquqiga ega emasligini yig’ilish ishtirokchilariga ma’lum qilib, affillangan shaxs bilan tuzilayotgan bitimni ma’qullash haqidagi qaror majlisda ishtirok etayotgan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari tomonidan bir ovozdan yoxud aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishida ishtirok etayotgan aktsiyadorlarning malakali ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinishini ta’kidlab o’tdi.

Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 36 868 ta ovoz(75,24%), “Qarshilar” – 12 139 ta ovoz(24,76%),
“Betaraflar” – 0

Qaror qabul qilindi:

  1. Jamiyat aktsiyadorlarining ko’pchilik ovozi (yig’ilish kvorumining, affillangan shaxslardan tashqari 75,24 foizini tashkil qilgan, 36 868 ta aktsiya egalari)bilan, Samarqand viloyati “Agrokimyohimoya” hududiy aktsiyadorlik jamiyati tomonidan sotilgan mahsulot qiymatidan 0,6 foiz miqdorida ustama haqlarini “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatiga ajratish bo’yicha affillangan shaxs bilan tuziladigan bitim ma’qullansin.

 Jamiyat tomonidan qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va tasdiqlash bo’yicha vakolatni kuzatuv kengashiga berish

Kun tartibidagi o’n to’rtinchi masala yuzasidan umumiy yig’ilish raisi X.Sh.Elmanov so’zga chiqib, “O’zagrokimyohimoya” aktsiyadorlik jamiyatining 2017 yil 20 fevraldagi 02-16G’105-sonli topshirig’ida jamiyat tomonidan qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va tasdiqlash bo’yicha vakolatni kuzatuv kengashiga berish so’ralganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni 18-moddasi talablariga asosan, jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) aktsiyalarning nominal qiymatini oshirish yo’li bilan ko’paytirish to’g’risidagi va jamiyat ustaviga tegishli o’zgartishlar kiritish haqidagi qarorlar aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan yoki, agar jamiyat ustaviga yoxud aktsiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq jamiyatning kuzatuv kengashiga bunday qarorlar qabul qilish huquqi tegishli bo’lsa, jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinishi belgilanganligini ta’kidlab o’tdi.

Mazkur masala ovozga qo’yildi.

 Ovoz berish natijalari:

“Tarafdorlar” – 666 286 ta ovoz, “Qarshilar” – 0, “Betaraflar” – 0

 Qaror qabul qilindi:

  1. O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuni
    18-moddasi talablariga asosan jamiyat tomonidan qo’shimcha aktsiyalarni chiqarish va tasdiqlash bo’yicha vakolat kuzatuv kengashiga berilsin.

 Umumiy yig’ilish raisi                                         X.Sh. Elmanov

 Yig’ilish kotibi:                                                      Sh.M. Shernaev

 

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over