info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Jamiyatning  huquq va vakolatlari.

– Jamiyat asosiy faoliyat turlaridan tashqari o’z faoliyat muddati davomida ishlab-chiqarish va xo’jalik faoliyatining quyidagi turlari bilan shug’ullanish huquqi va vakolatiga ega:

– qishloq xo’jaligini kimyolashtirish va agrokimyoviy xizmat ko’rsatish bo’yicha yagona texnik siyosatni amalga oshirish;

– viloyat xo’jaliklarini mineral o’g’itlarga, o’simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalariga va boshqa kimyoviy mahsulotlarga bo’lgan talabini aniqlash;

– viloyatning qishloq xo’jalik korxonalarini mineral o’g’itlar, o’simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari, defoliant, o’sish stimulyatorlari, qo’shimcha ozuqa va boshqa kimyoviy mahsulot turlari bilan shartnoma asosida ta’minlash;

– kimyoviy mahsulotlarni yetkazib beruvchilar va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar tizimini yetkazib berish, shartnomalar tuzish va ular uchun hisob-kitoblarni markazlashtirish yo’li bilan takomillashtirish.;

– xalq iste’mol buyumlari, ishlab chiqarish va texnikaviy vazifasining mahsulotlari, xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, qurilish, pardozlash va qadoqlash materiallarini ishlab-chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, yetkazib berish va sotish;

– yuridik va jismoniy shaxslar uchun transport, fraxt, ekspedisiya, ombor xizmatlarini ko’rsatish;

– Qimmatli qog’ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish bilan bog’liq operasiyalarni amalga oshirish;

– moliyaviy va mulkiy lizing, binolar, uylar, jihoz, mulkni foydalanishga yoki ijaraga berish va olish;

– rieltorlik faoliyati, ko’chmas obyektlarni egallash, foydalanish, ijaraga berish va sotish, ko’chmas mulk bilan boshqa operasiyalarni amalga oshirish va boshqalar.

Jamiyat o’z faoliyatini amalga oshirish va oldida turgan vazifalarni yechish uchun quyidagi huquqlarga egadir:

– qo’shma faoliyat shartnomasiga asoslanib, jamiyat va uning filiallari faoliyatiga xorijiy investisiyalarni jalb etish;

– belgilangan tartibda banklarda turli, shuningdek valyuta hisob raqamlarini ochish, bank kreditlari va ssudalarini olish, amaldagi qonunchilik asosida har qanday tulov shakllarini berish va akseptlash, ayirboshlash (valyuta almashtirish) tartibiga asosan vakolatli banklar orqali o’z mablag’larini ayirboshlash;

– o’zining ishlab-chiqarish va xo’jalik faoliyatini hamda ijtimoiy rivojlantirish jamg’armalarini mustaqil rejalashtirish;

– O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi  asosida mustaqil ravishda o’z qaramog’i(balansi)dan mol-mulk, qarz, kamomad, boshqa ziyonlarini chiqarish;

– Jamiyat Ustavida belgilangan masalalarni bajarish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish texnik yo’nalishdagi mahsulotlar, xom-ashyo, materiallari, transportlar sotib olish;

– homiylik va xayriya faoliyatini amalga oshirish.