info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Samarqand viloyat “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining funksiya va vazifalari

  1. O‘z faoliyatini amalga oshirish va oldida turgan vazifalarni echish uchun Jamiyat quyidagi huquqlariga egadir:
  • qonunda belgilangan tartibda ulgurji va chakana savdo faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • qo‘shma faoliyat shartnomasiga asoslanib Jamiyat va uning filiallarining faoliyatiga xorijiy investitsiyalarini jalb etish (shu holda olingan foydaning taqsimoti shartnomada belgilanadi);
  • belgilangan tartibda banklarda turli, shuningdek valyuta hisob raqamlarini ochish, bank kreditlari va ssudalarini olish, amaldagi qonunchilik asosida har qanday to‘lov shakllarini berish va akseptlash, ayirboshlash (valyuta almashtirish) tartibiga asosan vakolatli banklar orqali o‘z mablag‘larini ayirboshlash;
  • o‘zining ishlab-chiqarish va xo‘jalik faoliyatini hamda ijtimoiy rivojlantirish jamg‘armalarini mustaqil rejalashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida mustaqil ravishda o‘z qaramog‘i (balansi) dan mol-mulk, qarz, kamomad, boshqa ziyonlarini chiqarish;
  • Jamiyat Ustavida belgilangan masalalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish texnik yo‘nalishdagi mahsulotlar, xom-ashyo, materiallar, transport sotib olish;
  • Homiylik va xayriya faoliyatini amalga oshirish;
  • Qonunchilikka muvofiq, o‘z xodimlari uchun qo‘shimcha ish ta’tillari, qisqartirilgan ish kuni, ish tartibi va boshqa ijtimoiy imtiyozlarni tashkil etish.
  1. Jamiyatning tijorat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar oshkor etilishi mumkin emas.
  2. Jamiyatning mansabdor shaxslari va xizmatchilari Jamiyatning tijorat sirini oshkor qilganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
  3. Jamiyatning tijorat siri toifasiga kiritilgan axborot bilan Jamiyatda ishlash tartibi va u bilan ishlash tartibini buzganlik uchun javobgarlik Jamiyat Boshqaruv raisi tomonidan belgilanadi.


Eslatma
Ma'lumotlar tegishli tartibda olindi. unda o`zgarishlar bo`lishi mumkin.