info@samarqandqxk.uz    +998662217405 fax:+998662217271

images1   Hurmatli fermerlar!  Yuqori va sifatli hosil olishning asosiy omillari – bu urug‘  ekish uchun yer tayyorlashni sifatli o‘tkazish, har bir hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda nav tanlash o‘z vaqtida undirib olish va eng asosiysi o‘z vaqtida mahalliy hamda mineral o‘g‘itlar bilan me’yorida oziqlantirib borishdan iborat.

Mineral o‘g‘itlar faqatgina hosildorlikni oshiribgina qolmay, balki uning sifatini ham yaxshilaydi. Ayniqsa, ildizmevalar, bodring va  boshqa ekinlarning mevalari yiriklashadi, sabzavot tarkibidagi quruqmodda, qand, vitaminlar va mineral tuzlar miqdori ko‘payadi. Eng muhimi, mineral o‘g‘itlarni belgilangan me’yorda oziqlantirish kerak, aks holda uning aks ta’siri ham bor. Aziz fermerlar quyida sizlarga mineral o‘g‘itlarni ekin turlari bo‘yicha belgilangan me’yorlari to‘g‘risidagi maslahatlarimizga amal qilsangiz o‘ylaymizki siz ko‘zlangan xosildorlikka erishasiz.

Mineral o‘g‘itlar tuproq sharoiti hisobga olingan holda qo‘llanilishi lozim. Chunki, tarkibi turli mikroelementlarga boy bo‘lgan tuproqqa qo‘shimcha ravishda mineral o‘g‘it to‘kish mahsulot tarkibida pestitsidlar miqdorini oshirishga va u inson salomatligiga salbiy ta’sir  ko‘rsatishga sabab bo‘ladi.

Tuproq unumdorligini oshirishda mahalliy o‘g‘it muhim o‘rin tutadi. Qadimdan ajdodlarimiz tuproqning unumdor qatlamini me’yorda ushlab turish uchun mahalliy o‘g‘itdan keng foydalanib kelishgan.

 Mineral o‘g‘itlarni ekin turlari bo‘yicha belgilangan me’yorlari

Ekin turlari KAS ga/litr AFU ga/kg Nitrafos ga/kg Superfosfat ga/kg Karbamid ga/kg Sulfat Ammoniy ga/kg Ammafos ga/kg
Uzumzor 200 540 550 870 330 730 220
Makkajuxori 300 640 780 650 390 880 260
Kartoshka 190 890 850 880 540 1220 430
Pomidor 200 540 800 660 330 730 240
Sabzi 160 740 550 430 450 340 310
Piyoz 160 1060 600 880 650 880 460
Sholi 250 640 780 650 390 880 260
Bug‘doy 500 410 420 250 250 880 250
Sabzavot 200 600 600 870 370 850 240
Kungaboqar 100 660 330 540 400 350 330

Mineral  o‘g‘itlarning ta’siri

Superfosfat – asosan  paxta, g‘alla, sholi, kartoshka hamda dukkakli, poliz ekinlari va meva-sabzavotlarni o‘stirishda,  xosildorligini oshirishda yuqori natija beradi.

AZOT – ekinning o‘sishiga,  hosildorligiga va oziq miqdorining ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatadi. Azotli o‘g‘it ko‘p berilsa o‘suv davri cho‘zilib ketadi, g‘ovlash kuchayadi, o‘simlik sovuqqa va suvsizlikka chidamsiz bo‘lib qoladi:

FOSFOR – ildizlarni baquvvat qilib, kraxmal va qand to‘plashiga yordam beradi, pishib yetilishini tezlashtiradi. Dastlabki o‘sish davrida va hosil tugunchalari paydo bo‘lganida fosfor bilan oziqlantirish katta foyda beradi;

KALIY– o‘simlik to‘qimalarini rivojlantiradi. Kaliy yetishmaganda o‘simlikning oziqlanish jarayoni buziladi va kasallikka tez chalinadi.