Samarqand@uzakh.uz    +998662217405 fax:+998662217271

Birjada 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksportga sotildi

Birjada 1,5 mln dollarlik paxta tolasi eksportga sotildi

Joriy yilning boshidan buyon Respublika tovar-xomashyo birjasining valuta savdo maydonchasi orqali umumiy qiymati 1,5 mln AQSh dollarlik 1 534 tonna paxta tolasi eksportga sotildi

Foto: KUN.UZ

Bu birja orqali amalga oshirilgan eksportining umumiy qiymatidan 15 foizni tashkil etadi. 2019 yilning mos davri bilan solishtirganda, paxtaning birja orqali eksport qilish hajmi 36 foizga o‘sgan.

Paxta tolasining sotuvchisi sifatida “O‘zpaxtasanoat” AJ korxonalari ishtirok etib, ular tomonidan birja savdolari orqali paxta tolasining 1 va 5 navlari Birlashgan Arab Amirligi (BAA) va Turkiyaga sotilgan.

O‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, bir tonna paxta tolasining o‘rtacha eksport narxi 973,17 AQSh dollarini tashkil etdi. Shu jumladan 1-navli paxta tolasining bir tonnasi 1 752,79 AQSh dollar va 5-navli paxta tolasining o‘rtacha narxi 859,61 AQSh dollarini tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda paxta tolasi uchun jahon birjalarida shakllangan o‘rtacha narxi mahsulotning bir funti uchun 69,4 sent (bir tonnasi 1 530 AQSh dollar)ni tashkil etdi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 fevralidagi №106-sonli “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqarilgan paxta tolasini sotish va hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq “O‘zpaxtasanoat” AJning paxta tolasi ichki bozor va eksportga birja savdolari orqali sotiladi.

Muallif haqida

Fikr bildirish

*

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over