Samarqand@uzakh.uz    +998662217405 fax:+998662217271

2019-yil yanvar—noyabrda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 38,2 mlrd dollardan oshdi!

2019-yil yanvar—noyabrda O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 38,2 mlrd dollardan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi 2019-yilning yanvar—noyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasiga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

Qayd etilishicha, 2019-yilning yanvar—noyabr oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi hajmi 38,2 milliard dollardan oshib, 9,5 milliard dollarga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,4 foizga oshgan.

Ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 16,2 milliard AQSh dollariga (o‘sish sur’ati — 43,3 foiz) va import hajmi esa 22 milliard AQSh dollariga (o‘sish sur’ati — 27,0 foiz) yetdi. Hisobot davrida 5,7 milliard AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etildi.

O‘zbekiston jahonning 190 ga yaqin mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika tashqi savdo aylanmasining dunyo davlatlari qatoriga nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (19,2 foiz), Rossiya Federatsiyasida (15,2 foiz), Qozog‘istonda (8,4 foiz), Koreya Respublikasida (6,6 foiz), Turkiyada (5,9 foiz), Germaniyada (2,4 foiz) va Qirg‘izistonda (2,0 foiz) qayd etilgan.

2019-yil yanvar—noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 13 milliard AQSh dollarini tashkil qildi va O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 34,2 foizga yetdi.

Qo‘shni davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi o‘zaro savdo-sotiq aloqalariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. MDH mamlakatlari bilan tashqi savdoning qariyb 34,2 foizi, shundan eksportning 34,8 foizi va importning 33,7 foizi qo‘shni mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Boshqa xorijiy davlatlarning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 65,8 foizga yetib (25,1 milliard AQSh dollari), o‘tgan yilning mos davridagi tashqi savdo aylanmasiga nisbatan 42,0 foizga oshgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan beshta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston (550,6 million AQSh dollari), Qirg‘iziston (494,0 million AQSh dollari), Tojikiston (150,5 million AQSh dollari), Fransiya (53,5 million AQSh dollari) va Eron (9,1 million AQSh dollari). Qolgan 15 ta davlat bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

Muallif haqida

Fikr bildirish

*

Komunal Xizmatlar

Saytimiz sizga yoqdimi?

Voting is over